"Real" va Vinisius shartnoma bo'yicha muzokaralarda oldinga siljidi

Sherzod Nurmatov
22 yanv 2026, 13:53
"Real" Vinisius Juniorni jamoada saqlab qolishni istaydi, futbolchining o'zi ham Madrid klubida faoliyatini davom ettirishga rozi.

"Diario AS" ma'lumotlariga ko'ra, Vinisius va "Real" yangi shartnoma bo'yicha muzokaralarda muayyan natijaga erishdi. Ikki tomon ham optimistik kayfiyatda va jarayon ijobiy yo'nalishda ketmoqda.

Qayd etish joizki, "qaymoqranglilar" Chempionlar Ligasining 7-turida "Monako"ni 6:1 hisobida tor-mor etdi, o'sha o'yinda 25 yoshli Vinisius ham gol muallifi bo'ldi. Shu tariqa, u Chempionlar Ligasidagi gollari soni bo'yicha Kaka bilan tenglashdi - har ikkisida ham 30 tadan gol bor. Braziliyalik futbolchilar orasida esa yetakchilik "Barselona" va PSJ sobiq vingeri Neymarga tegishli - u 43 ta gol bilan peshqadam.

Vinisius jamoadoshlari bilan bir-birini qo'llab-quvvatlashi va kiyinish xonasida haqiqiy jipslik his etilayotganini ma'lum qilgan edi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Diario AS