"Real Sosedad" yangi bosh murabbiyni tanishtirdi

Aslanov Jasurbek
27 dek 2018
"Real Sosedad" rahbariyati Aser Garitanoni bosh murabbiy lavozimidan ozod qildi.

Uning o'rnini Imanol Alguasil egallaydi. Ushbu mutaxassis bilan imzolangan shartnoma 2020 yilgacha amal qiladi.

"Sosedad"ning muvaffaqiyatsiz natijalari tufayli Garitano iste'foga chiqarildi. Ayni damda jamoa LaLiga turnir jadvalida 15-o'rinni egallab turibdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: realsociedad.eus