"Real Sosedad" Silva va Oyarsabalni EL doirasidagi "Napoli"ga qarshi o'yinga jalb qilmadi

Alisher
9 dek 2020, 15:34
"Real Sosedad" Yevropa Ligasi guruh bosqich 6-turi doirasidagi "Napoli"ga qarshi o'yin uchun qaydnomani e'lon qildi.

Ro'yxatdan jarohatdan tiklanayotgan yarim himoyachilar David Silva va Mikel Oyarsabal o'rin olmadi.

F kvartetida "Napoli" (10 ochko) yetakchilik qilmoqda, undan keyin esa "Real Sosedad", "Az Alkmar" (8tadan) va "Rieka" (1) jamoalari bormoqda.

"Napoli" - "Real Sosedad" o'yini payshanba kuni Neapolda bo'lib o'tadi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/RealSociedad