"Real" Militaoning maoshini sezilarli darajada oshiradi

Aziz Tukhtamuradov
1 iyun 2022, 08:53
"Real" himoyachi Eder Militao bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha ishlamoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, braziliyalik futbolchi yaxshiroq shartnoma kutmoqda. 24 yoshli Militao asosiy tarkibda eng kam maosh oluvchi futbolchilardan hisoblanadi. 

Yaqin kunlarda Militaoning vakillari bu borada klub bilan muzokara o'tkazishadi. 

Futbolchi 2019 yilda "Real"ga kelib qo'shilgan. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Goal.com