Rays "Oltin to'p"ni olishi mumkinmi? Arteta javob berdi

Mirjalol Normatov
28 noya 2025, 23:13
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta yarim himoyachi Deklan Raysning navbatdagi "Oltin to'p"ni yutishi mumkinligi haqida gapirdi.

"Bunga umid qilaman. Agarda shunday bo'lsa, biz ko'p narsalarni qo'lga kiritgan bo'lardik.

U mavsum boshidanoq aqlbovar qilmas o'yin ko'rsatmoqda. Deklan biz uchun juda muhim futbolchi", - dedi Arteta.

Avvalroq Rays "Goal" portali tomonidan APLning ushbu mavsumdagi eng yaxshi yarim himoyachisi deya tan olingandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal