Rasman. “Valensiya” Pichchini bilan shartnoma imzoladi

Aziz Tukhtamuradov
24 iyul 2018
Ispaniyaning “Valensiya” klubi rasman o'z tarkibiga Italiya yoshlar terma jamoasining sobiq futbolchisi Kristiano Pichchinini qo'shib oldi.

O'ng qanot himoyachisi “ko'rshapalaklar” safiga Portugaliyaning “Sporting” klubidan kelib qo'shildi. “Valensiya” futbolchi uchun 8 mln evro to'ladi, deb xabar bermoqda Football Italia nashri. 

Eslatib o'tamiz, Pichchini faoliyatini “Fiorentina” klubida boshlagan. O'tgan mavsumda u “Sporting” safida 40ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushgan. Pichchini avval ham Ispaniyada o'ynagan, aniqrog'i u uch mavsum “Betis” sharafini himoya qilgan edi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: