Rasman: Shahzod Ubaydullaev - "Neftchi" a'zosi!

Sherzod Nurmatov
1 fev 2022
Yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan "Neftchi" klubi tarkibni kuchaytirish borasida izchil ishlarni amalga oshirmoqda.

"Bugun taniqli va mohir hujumchi Shahzod Ubaydullaev bilan bir yilga mo'ljallangan shartnoma rasmiylashtirildi. 

Ma'lumot uchun, Shahzod Ubaydullaev 1998 yilda Namangan viloyatining Kosonsoy shahrida tug'ilgan. Futbolchilik faoliyatini Muborakning "Mashal" jamoasida boshlagan. Keyinchalik "Andijon" va "Metallurg", "Energetik-BGU" (Belarus) hamda "Shaxtyor" (Belarus) klublarida to'p tepgan", – deyiladi Farg'ona jamoasi matbuot xizmati ma'lumotida.

Oldinroq "Eshitdik-da!" rukni ostida 23 yoshli hujumchi faoliyatini "Neftchi"da davom ettirishi haqida  xabar qilgan edik.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Нефтчи" матбуот хизмати

O'xshash yangiliklar