RASMAN: FIFA18 o'zining yangi muqovasini taqdim etdi (foto)
Aslanov Jasurbek
22 avg 2017, 13:53
Electronic Arts (EA) kompaniyasi ishlab chiqaradigan FIFA18 kompyuter o'yinining yangi muqovasi taqdim etildi.
EA o'zining "Tvitter"dagi sahifasiga o'yinning yangi qismida kim FIFA yuzi bo'lishini e'lon qildi. FIFA18 o'yini muqovasida "Real" yulduzi Krishtianu Ronaldu tasvirlangan.
Eslatib o'tamiz, FIFA18 o'yini 29 sentyabr kuni sotuvga chiqadi.