Rasman: "Dinamo" posboni faoliyatini "Qizilqum"da davom ettiradi

Sherzod Nurmatov
3 yanv 2025
O'tgan mavsumni Samarqandning "Dinamo" jamoasida o'tkazgan mahoratli darvozabon Farhod Rahmatov yangi mavsumda "Qizilqum" sharafini himoya qiladi.

Klub rahbariyati va futbolchi o'rtasida 2 yillik bitim imzolandi.

Eslatib o'tamiz, Farhod Rahmatov yakunlangan mavsumda "Dinamo" tarkibida Superliga doirasida 4 ta uchrashuvda maydonga tushgan va 2 ta uchrashuvda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Қизилқум" матбуот хизмати