Rasman: Aleksis Sanches - "Marsel" futbolchisi!

Mirjalol Normatov
10 avg 2022
"Marsel" matbuot xizmati Aleksis Sanchesning jamoaga o'tganligini ma'lum qildi.

Oldinroq aytilganidek, chililik futbolchi erkin agent sifatida yangi klubi bilan 2 yillik shartnoma imzoladi. O'tgan mavsumlar davomida u "Inter" tarkibida o'ynayotgandi.

U Milan klubi uchun 109 o'yinda maydonga tushib, 20 gol urdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: https://www.om.fr/fr/actualites/4803/equipe-pro/66236-communique-officiel-alexis-sanchez