Rashidov Portugaliyadagi faoliyati nima uchun uzoqqa bormaganini tushuntirib berdi

Khoja
21 iyun 2024, 09:32
Sardor Rashidov nima uchun Portugaliya chempionatida uzoq o'ynamaganini tushuntirib berdi.

Men oilamsiz uzoq muddat yashay olmayman, ularni Portugaliyaga olib keta olmaganman.

 Keyin men o'ynagan jamoa Madeyrada joylashgan. U yerdagi ob-havo ham menga salbiy ta’sir ko'rsatgan. Har kuni mashg'ulotlarga dori ichib chiqishga majbur bo'lardim. Havo sababli burnimda muammolar paydo bo'la boshladi.

 Portugaliyaga viza olish qiyin bo'lgani uchun oilamdagilar u erga kelisha olmagan, vizani hal qilgan taqdirida ham o'sha vaqtlarda farzandim 2 yosh edi, u yerda o'zim qattiq qiynalganim sababli ularni bunday qiyinchilikka tushirishni istamadim. Ketishimning asosiy sababi oilam bilan birga bo'la olmaganim bo'lgan, - dedi Rashidov.




KhojaMuallif
Manba: championat.asia