Rafael Markes: "Meksika finalga qadar yetib borishi mumkin"

Narzulla Saydullayev
13 iyun 2014, 13:26
Meksika terma jamoasi himoyachisi Rafael Markes Kamerunga qarshi o'yindan oldin o'z fikrlarini bildirdi.
- Jahon chempionatida ishtirok etish tajribasi juda ham ulkan bo'ladi, – deydi Markes FIFA rasmiy saytiga. – Ko'plab futbolchilar o'z darajalarini ko'tarib olishlari mumkin. Albatta, natijani ham unutmaymiz. Shaxsan men jamoa kuchiga ishonaman.

Ha, guruhimiz kuchli, ammo biz finalga ham yetib bora olamiz. Meksika tarix yaratishga tayyor.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sport-express.ru