Rabo PSJ bilan shartnoma uzaytirishga tayyor, ammo maoshini oshirishlarini so'ramoqda

Aslanov Jasurbek
16 avg 2018, 16:10
PSJ xavbeki Adrien Rabo klub bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin.

23 yoshli futbolchi 2021 yilgacha bo'lgan yangi bitimni imzolashga tayyor, ammo rahbariyatdan maoshini 9 mln. evroga etkazishini so'ramoqda.

PSJ hamda Rabo o'rtasidagi bitim kelasi yozda yakuniga etadi.

Eslatib o'tamiz, futbolchiga "Barselona" qiziqish bildirmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Paris United