Rabo "Arsenal"ga o'tishi mumkin

Aslanov Jasurbek
6 dek 2021
"Yuventus" yarim himoyachisi Adrien Rabo Angliyaga yo'l olishi mumkin.

Oktyabr oyida badavlat kishilar qo'liga o'tgan "Nyukasl"ning francuz futbolchisiga qiziqayotgani borasida mish-mishlar tarqalgandi. Biroq "Arsenal"ning ham Raboga bo'lgan qiziqishi jiddiy.

Qayd etilishicha, "Yuventus" qishda yarim himoyachi bilan xayrlashishga tayyor, shu bois turinliklar turli takliflarni qabul qilishi mumkin.

26 yoshli futbolchi 2021/2022 yilgi mavsumda "Yuventus" safida barcha musobaqalarda 16 ta o'yin o'tkazib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt portali Adrien Raboni 30 million evroga baholamoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Tuttomercatoweb