Qozog'iston Premer-ligasi. Yo'ldoshev to'liq harakat qilgan bahsda "Qayrat" durang o'ynadi

Оқил Абдубарноев
7 mar 2024, 19:41
Qozog'iston Premer-ligasining 2-turidan o'rin olgan "Turon" - "Qayrat" uchrashuvi yakunlandi.

O'yinda hisob ochilmadi. Mehmonlar safida o'zbekistonlik himoyachi Ibrohimxalil Yo'ldoshev to'liq harakat qildi va 18-daqiqada ogohlantirildi.

Ayni damda "Qayrat" 4 ochko bilan turnir jadvalining 4-pog'onasida bormoqda. Jamoa 31 mart kuni ikki nafar o'zbekistonlik futbolchi to'p tepadigan "Ordabasi" mehmoni bo'ladi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia