"Qo'qon-1912": Valentich va Gojkovich 16 yanvarda kelishadi

Narzulla Saydullayev
14 yanv 2017
"Qo'qon-1912" a'zolari reja asosida tayyorgarlikni davom ettirishmoqda.

Futbolchilar bugun Bekobodning “Metallurg” jamoasiga qarshi nazorat o'yinida maydonga tushishadi. Bu uchrashuv “Bunyodkor” akademiyasiga qarashli maydonda bo'lib o'tadi.

Muxlislar uchun yaxshi xabar. Serbiyalik legionerlar Darko Gojkovich hamda Nikola Valentichning viza hujjatlari tayyor bo'ldi. Har ikkala futbolchi "Qo'qon-1912" safiga kelib qo'shiladi. Ular Belgrad-Moskva-Toshkent yo'nalishi bo'yicha 16 yanvar kuni tunda yetib yurtimizga yetib kelishadi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz