"Qizilqum" futbolchilari ikkita maktab o'quvchilarga "master-klass" namoyish etib berishdi

Narzulla Saydullayev
20 yanv 2021, 16:45
Bugun NFA hamda "Qizilqum" PFK mutasaddi va futbolchilari Navoiy shahridagi 16 va 3-umumtalim maktablariga yoshlarni futbolga qiziqtirish, ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli va foydali o'tkazish maqsadida tashrif buyurishdi.

Tashrifda bugungi kunda "Qizilqum" PFK jamoasida to'p surayotgan futbolchilari A. Makosin, F. Qambarov, Q. Nurmetov, X. Olimov, R. Veklich, S. Mustafoev, M. Ubaydullaev, J. Azimov va J. Hasanovlar ishtirok etishdi.

Tashkil etilgan uchrashuvlarda futbolchilarga "Qizilqum" PFK bosh murabbiyi X. Aktamov, sport direktori F. Nurullaev, marketing bo'limi rahbari Z. Rizaev, muxlislar bo'limi rahbari SH. Ishnazarov, "Qizilqum" kids murabbiyi G'. Jumaev hamda Navoiy viloyati futbol assotsiatsiyasi birinchi vice-prezidenti O. Jumaevlar boshchilik qilishdi.

Tadbir davomida futbolchilar o'quvchilarga "master-klass" namoyish etishib, futbol sport turiga qiziqadigan yoshlarning bir qator savollariga javob berishdi.

Uchrashuvlar so'ngida maktablarga "Qizilqum" PFK tomonidan sovg'alar topshirildi.






Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia