Qibrayda o'tgan vodiy derbisida g'olib aniqlanmadi

Narzulla Saydullayev
14 yanv 2018
Bugun "Qo'qon-1912" va "Navbahor" klublari o'zaro nazorat uchrashuvini o'tkazib olishdi.

Bahsdagi hisob 22-daqiqada qo'qonliklar sardori Murod Xolmuhammedov tomonidan ochildi. U penaltini aniq amalga oshirdi. Uchrashuv oxirida namanganliklar yarim himoyachisi Ayubxon No'monov jarima to'pini aniq amalga oshirib hisobni tenglashtirdi - 1:1. Bu haqda "Qo'qon-1912" rasmiy sayti xabar berdi.

Eslatib o'tamiz, oldinroq "Qo'qon-1912" "Mashal" bilan nazorat uchrashuvi o'tkazib yutqazgandi.



Nazorat uchrashuvi

“Qo'qon-1912” – “Navbahor” – 1:1 (1:0)

Bosh hakam
: Vladislav Seytlin.

Gollar: Murod Xolmuhammedov 22 penalti – Ayubxon No'monov 89.

“Qo'qon-1912”: O'tkir Yusupov, Davron Hoshimov, Murod Holmuhammedov, Akmal Xolmurodov, Aleksandr Merzlyakov, Jamshid Hasanov, Quvondiq Ro'ziev, Doniyor Hasanov, Suhrob  Berdiev, Igor Taran, Bahodir Pardaev.

Zaxira: Muzaffar Abdullaev, Aziz Ashurov, Iqbol Malikjonov, Jalil Kimsanov, Bahodir Akramov, Muhammadanas Hasanov, Oybek Mirzohidov, Ibrohim Rahimov, Nosir Otaqo'ziev, Sobir Hamidov.

"Navbahor":  Mirzohid Mamatxonov, Avazxon Mamatxo'jaev, Jahongir Mehmonov, Ilhom Boydedaev, Mirzohid G'ofurov, Zohir Pirimov, Oston O'runov, Dilshod Sharofetdinov, Ayubxon No'monov, Azizbek Turg'unboev, Azamat Allaniyozov.

Zaxira: Abdumavlon Abdujalilov, Ravshan Xursanov, Abbos G'ulomov, Akmal Turg'unboev, Shohzamon Xayrullaev.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia