Putin Rossiya - Portugaliya uchrashuviga kelmaydi

Aslanov Jasurbek
19 iyun 2017, 18:45
Rossiya prezidenti Vladimir Putin hozircha Konfederatsiyalar Kubogida bo'lib o'tadigan milliy jamoaning navbatdagi uchrashuviga tashrif buyurishni rejalashtirmayapti.

21 iyun kuni Rossiya terma jamoasi "Spartak" stadionida Portugaliya terma jamoasi bilan o'ynaydi.

"21 iyunda taqvim zich. Vaqt bo'yicha hisoblasak, u ulgura olmaydi. Hozircha bunday reja yo'q... Bir hafta ichida prezidenti bo'shashi qiyin" - deydi mamlakat rahbari matbuot-kotibi Dmitriy Peskov.

17 iyun kuni Putin Rossiya va Yangi Zelandiya o'rtasidagi Konfederatsiyalar Kubogi ochilish uchrashuviga tashrif buyurgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com