PSJ yaponiyalik futbolchini "aylana yo'l" bilan xarid qilmoqchi

Tolibjon Qosimov
30 yanv 2019, 12:12
Portugaliyaning "Portimonense" klubi yarim himoyachisi Shoya Nakajima katta ehtimol bilan faoliyatini Qatarda davom ettiradi.

24 yoshli yapon 35 million evro evaziga "Al Duhayl"ga o'tishga yaqin. Bu klub PSJning qatarlik xo'jayini Nosir Al-Xelayfiga tegishli.

Kutilishicha, keyinroq Nakajima Parij klubiga o'tadi. O'tganda ham kamroq summa evaziga. Bundan maqsad PSJning moliyaviy feyr-pleydan qochib qolishi.

Shoya Nakajima ayni paytda yakunlanish arafasida turgan Osiyo kubogi-2019ni jarohat sabab o'tkazib yubormoqda. Vaholanki, u terma jamoaning asosiy o'yinchilaridan biri edi.


Eslatib o'tamiz, Nakajima joriy mavsum Portugaliya chempionatining 13ta o'yinida maydonga tushgan va 5ta gol urib, 5ta golli pas bergan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: as.com