PSJ prezidenti: "Neymar va Mbappe hech qachon kyetishmaydi"

Alisher
13 avg 2020
PSJ prezidenti Nosir Al Xelayfi CHL 1/4 final doirasidagi "Atalanta" (2:1)ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

"Bu alohida kun, ajoyib. Biz mentalitetimizni o'zgartirishimiz kerak edi. O'yinchilar o'zlarini 200% o'yinga berishdi, ulardan faxrlanaman.

Barcha PSJni bu yil CHLga tayyor emasligini aytdi, ammo bizning ajoyib o'yinchilarimiz zo'r mentalitet namoyish etishdi. Bugun biz final haqida emas, faqat yarim final haqida o'ylaymiz.

Neymar va Mbappe - dunyoning eng yaxshi o'yinchilaridan. Neymar ajoyib o'yin o'tkazdi va eng zo'ri bo'ldi. Neymar jamoadagi nimanidir juda ham o'zgartirib yubordi, men o'zgacha narsani his qilyapman. Ikkala o'yinchi ham qoladi, ular hech qachon kyetishmaydi", - deydi Al Xelayfi.


AlisherMuallif
Manba: rmcsport.bfmtv.com