

Murabbiyning qayd etishicha, "Paxtakor" paragvaylik bir hujumchi va portugaliyalik hujumchi Joau Koshta (suratda) kabi futbolchilar bilan muzokara olib borgan. Tojiev ular bilan muzokaralar ijobiy yakun topmagani haqida quyidagilarni ma'lum qildi:
"Portugaliyalik tibbiy ko'rikdan o'ta olmadi. Unda jarohat bor ekan. Paragvaylik futbolchi esa O'zbekistonga kelishga ko'nmadi", – dedi mutaxassis.

Eslatib o'tamiz, "Paxtakor" Superliga ilk turida "Qizilqum"ni 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Toshkentliklar 2-turda "Qo'qon-1912" maydoniga safar uyushtiradi.
Kamoliddin Tojiev ishtirokidagi matbuot anjumani bilan to'liq holda ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.



