Portugaliyada chempionat bahslari may oyi so'ngida qaytadan boshlanishi mumkin

1 may 2020, 09:25
Bu haqida mamlakat bosh vaziri ma'lum qilgan.

Portugaliya bosh vaziri Antoniu Koshta xalqqa qilgan navbatdagi murojaatida mamlakatda futbol bahslari may oyi so'ngida qaytadan boshlanishi mumkinligini ma'lum qilgan.

Uning so'zlariga ko'ra, futbolchilar bir nechta tekshiruvdan o'tishi kerak bo'ladi. Jumladan, barcha futbolchilar koronavirusga bir necha bor test topshiradi. O'yinlar esa muxlislarsiz o'tkaziladi.

Chempionat bahslari esa iyulda yakunlanishi haqida ta'kidlab o'tilgan.

Portugaliya chempioanti 24-turdan so'ng to'xtatilgan. Ayni damda “Portu” jamoasi musobaqa jadvalida peshqadam bo'lib turibdi.


Manba: Abola.pt