Portugaliya klublari Oybek Bozorovni kuzatib bormoqda

Sherzod Nurmatov
11 avg 2025, 19:18
Bu haqda Championat.asia sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaev ma'lum qildi.

"Oybek Bozorovga yozda Eronning "Sepaxon" klubi qiziqish bildirdi. Bosh murabbiyga futbolchining harakatlari maqul keldi, ammo "Nasaf"dan uning transferini sotib olish qimmatlik qildi.

Qatarning "Umm Salal" klubi ham uni o'z tarkibida ko'rishga yaqin edi, biroq ikki oylik maoshni berib, shartnomani istalgan payt bekor qilish huquqi klubda bo'lgani uchun Bozorov bu klubga borishni xohlamadi. 

Portugaliya oliy divizion klublari futbolchini kuzatishda davom etmoqda, biroq tushunarliki, u yerda futbolchimizning maoshi Eron yoki Qatardagidek katta bo'lmaydi", – deyiladi xabarda.

28 yoshli xavbek joriy mavsum "Nasaf" safida 17 o'yinda maydonga tushib, 4 ta to'p kiritdi hamda 7 ta golga assistentlik qildi. Transfermarkt portali uni 800 ming evroga baholmoqda. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia