Portugaliya JCH-2026 ga chiqqan taqdirda Ronaldu birinchi turni o'tkazib yuboradi

Khoja
14 noya 2025, 08:32
Kecha Irlandiyaga qarshi bahsda Portugaliya safida Krishtianu Ronaldu qizil kartochka oldi.

Futbolchi juda qo'pol o'ynagani uchun ikkita o'yinga chetlatiladi. Shu tariqa, 40 yoshli futbolchi Portugaliya terma jamoasining JCH-2026ga yo'llanma olgan taqdirda ilk o'yinini qizil kartochka tufayli o'tkazib yuboradi.

Ma'lumot uchun, ayni vaqtda "F" guruhida Portugaliya 10 ochko bilan guruhda yetakchilik qilmoqda. Ikkinchi o'rindagi Vengriya hisobida esa 8 ochko bor. Keyingi turda Portugaliya Armanistonni mag'lub etsa, JCH  yo'llanmasini qo'lga kiritadi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com