Pol Pogba: "Kuchsiz emasligimni isbotlamoqchiman"

Omonjon To`xtamirzayev
11 sen 2023
"Yuventus" yarim himoyachisi Pol Pogba tanqidlar haqida fikr bildirdi.

"Men tanqidchilarni so'zlaridan uyalib qolishga majbur qilmoqchiman. Men kuchsiz emasligimni isbotlab qo'ymoqchiman. Ular men haqimda yomon gaplar aytishlari mumkin, lekin men hech qachon taslim bo'lmayman.  

Futbol juda chiroyli sport turi, ammo u beshafqat. Odamlar sizni unutishi juda oson. Siz ajoyib natija qayd etishingiz mumkin, ammo keyingi kunda siz hech kim bo'lmay qolishingiz mumkin".


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Sportface.it