Pirlo iste'fo borasidagi savolga javob berdi

Alisher
10 mar 2021, 11:48
"Yuventus" bosh murabbiyi Andrea Pirlo OAV vakillarining jamoa CHLdan chiqib ketganidan so'ng iste'fo borasidagi savollarga javob berdi.

"Men "Yuventus"ni shug'ullantiryapman. Meni bir necha yillar davomida rivojlanishi kerak bo'lgan loyihaga taklif etishdi. 

Shu sabab meni iste'fo borasidagi mish-mishlar tashvishga solmaydi", - deydi mutaxassis.

Eslatib o'tamiz, "Yuve" kecha CHL 1/8 finalida "Portu"ga mag'lub bo'ldi va musobaqani tark etdi.


AlisherMuallif
Manba: Football-Italia