

Fabricio Romano ma'lumotiga ko'ra, "Tottenxem" 34 yoshli futbolchini "Xayduk" klubiga ijaraga berishga tayyor.
Ayni paytda Perishich tizzasidagi jarohatini davolamoqda. Xorvatning "Tottenxem" bilan shartnomasi 2024 yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi.
Ma'lumot uchun, Perishich "Xayduk" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va 20 yildan so'ng ushbu klubga qaytmoqda.



