Peralta – KONKAKAFning 2013 yildagi eng yaxshi o'yinchisi

Narzulla Saydullayev
15 dek 2013, 12:54
Shanba kuni KONKAKAFning 2013 yildagi eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi nomi aniq bo'ldi.

Unga ko'ra, yilning eng yaxshi o'yinchisi nomiga “Santos Laguna” klubida to'p surayotgan meksikalik hujumchi Oribe Peralta sazovor bo'ldi.  Ta'kidlab o'tamiz Peralta Jahon Chempionati saralash bahslarining 6 ta o'yinida 8 ta gol urishga erishgan.

Eng yaxshi murabbiy nomiga AQSH terma jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klinsmann sazovor bo'lgan bo'lsa, eng yaxshi darvozabon deb, “Everton” klubi darvozaboni Tim Xovard topildi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru