Pedro: "Man Siti" va "Arsenal" eng xavfli raqiblar"

Tolibjon Qosimov
12 dek 2013, 18:01
"Barselona" hujumchisi Pedro Rodriges YCHL 1/8 finalida qaysi klublarga qarshi o'ynashni istamayotganini aytib o'tdi.
"Seltik"ka qarshi o'yin biz uchun namuna bo'lishi kerak. Uchrashuv boshidan oxirigacha yaxshi o'ynadik.

1/8 finaldagi raqib? "Manchester Siti" va "Arsenal" bizga tushishi mumkin bo'lgan eng xavfli raqiblardir. Ko'ramiz ularga qarshi o'ynaymizmi yoki yo'q, – deydi Pedro.

Kataloniya klubiga nim chorak finalda "Arsenal" va "Manchester Siti"dan tashqari "Zenit", "Bayer", "Shalke", "Olimpiakos" va "Galatasaroy" klublari raqiblik qilishi mumkin.

Qur'a tashlash marosimi 16 dekabr kuni bo'lib o'tadi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru