"Paxtakor": Karimov va Bezerra - "Paxtakor"ning eng yaxshi assistentlari

Aslanov Jasurbek
31 okt 2017, 16:03
2017 yilgi mavsumda jamoamizda gol bilan tugagan to'p oshirishlarini uddalagan futbolchilar ro'yxatini Sherzod Karimov va Tiago Bezerra boshqarmoqda.

Har ikki yarim himoyachi 7 martadan jamoadoshlarining gol urishiga aniq to'p oshirishlari bilan ko'maklashib yuborgan. Gidi Kanyuk hisobida gol bilan tugagan 6ta uzatma mavjud. Ushbu mavsum o'zini yaxshi tarafdan ko'rsatayotgan Suhrob Nurullaev esa 4 to'p kiritilishida so'nggi pas bilan ishtirok etgan.

Jami 11 nafar futbolchi "Paxtakor"ning joriy chempionatda raqib darvozasiga gol urishida o'z uzatmalari bilan qatnashgan. Quyida ularning to'liq ro'yxati bilan tanishing:

7 - Sherzod Karimov va Tiago Bezerra

6 - Gidi Kanyuk

4 - Suhrob Nurullaev

2 - Stanislav Andreev, Igor Sergeev, Jamshid Iskanderov

1 - Vladimir Kozak, Jasur Hakimov, Jasur Yaxshiboev, Hojiakbar Alijonov.

"Paxtakor" matbuot-xizmati


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: pakhtakor.uz