

O'zbekiston chempioni, Toshkentning "Paxtakor" klubi yangi mavsum boshlanishidan oldin o'z maydonida xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. Ushbu bahsda "sherlar"ga Qozog'istonning "Qayrat" jamoasi raqiblik qiladi.
Uchrashuv soat 17:00da "Paxtakor" stadionida boshlanadi.
Ma'lumot uchun, klublar bungacha o'zaro 50 marta to'qnash kelishgan. "Qayrat" 21ta bahsda g'alaba qozongan, "Paxtakor" hisobida 18ta g'alaba mavjud, qolgan 11ta o'yinda durang qayd etilgan.
Bu jamoalarning oxirgi so'nggi rasmiy o'yini 1990 yilda SSSR Birinchi ligasi 41-turi doirasida bo'lib o'tgan va o'shanda "Paxtakor" 2:1 hisobida g'alaba qozongan.
Mavzuga aloqador: "Paxtakor" 33 yildan so'ng Toshkentda "Qayrat" bilan o'ynaydi



