"Paxtakor" Abu Dabiga murabbiysiz tashrif buyurdi

Nadirkhuja Yuldashev
17 apr 2016, 23:06
"Paxtakor" jamoasining delegaciyasi bugun tushda BAAning Abu Dabi shahriga yetib keldi.

OCHLning 5-turidan o'rin olgan uchrashuvda, poytaxtliklar mahalliy "Al Jazira" klubiga qarshi maydonga chiqadi. "Sherlar" safida ikkita yo'qotish bor. Iskanderov va Andreev jarohatlari tufayli o'yinni o'tkazib yuboradilar. Afsuski, oilaviy sabablarga ko'ra No'mon Hasanov ham BAA poytaxtiga kela olmadi. Murabbiyning onalariga sihat salomatlik tilaymiz.

Ertaga ikki jamoa rasmiylari o'rtasidagi yig'ilish va matbuot anjumani bo'lib o'tadi. 


Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: pakhtakor.uz