Paketa yozda "Lion"dan ketishni rejalashtirmoqda

Alisher
2 mar 2022, 13:53
"Lion"ning braziliyalik yarim himoyachisi Lukas Paketa tez orada francuz jamoasidan ketishi mumkin.

24 yoshli braziliyalik futbolchi vatandoshi Bruno Gimaraynshning qishda "Nyukasl"ga o'tib ketganidan juda ham xafa.

Paketa "Lion"dan ketishga tayyor va yozda barcha variantlarni ko'rib chiqadi.

Eslatib o'tamiz, Lukas Paketa joriy mavsum Fransiya chempionati doirasidagi 24ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 3ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Le10Sport