O'zbekistonlik hakamlar OCHL-2 doirasidagi bahsni boshqaradi

Sherzod Nurmatov
21 noya 2024, 17:39
Xabaringiz bor, Osiyo Chempionlar Ligasi-2 musobaqasining guruh bosqich bahslari davom ettirilmoqda.

G'arb mintaqasi 5-turi doirasida "Sepaxon" jamoasi "Al Vihdat" klubiga qarshi saf tortadi. Ushbu to'qnashuvda o'zbekistonlik hakamlar jamoasi ish olib boradi. Rustam Lutfullin bosh hakam sifatida qayd etilgan bo'lsa, unga qanotlarda Sanjar Shoyusupov va Alisher Usmonov yordam beradi. Shuningdek, Asker Najafaliev zaxira hakami vazifasini bajaradi:

Osiyo Chempionlar Ligasi-2 | Guruh bosqich, 5-tur

"Sepaxon" (Eron) – "Al Vihdat" (BAA)

26.11.2024 | 21:00

Hakamlar: Rustam Lutfullin, Sanjar Shoyusupov, Alisher Usmonov, Asker Najafaliev



Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Ўзбекистон футбол ҳакамлари маркази