O'zbekistonga qarshi maydonga tushadigan Boliviyaning o'rtoqlik uchrashuvlari uchun tarkibi

Omonjon To`xtamirzayev
24 mar 2023, 14:04
Srechko Katanets boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi bugun Boliviya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadi.

Avvalroq biz O'zbekiston terma jamoasining Boliviya va Venesuela qarshi o'yinlar uchun qaydnomasini chop etgandik. Raqib qaydnomasidan kimlar o'rin olgan, degan savol ochiq qolayotgandi.

E'tiboringizga bosh murabbiy Gustavo Kostas tarkibga kiritgan futbolchilar ro'yxatini taqdim etamiz.  

  

Boliviyaning bo'lajak bahslar uchun tarkibi:

Darvozabonlar: Karlos Lampe (Bolivar), Gilermo Viskarra (Strongest), Ruben Kordano (Bolivar)

Himoyachilar: Xose Sagredo (Bolivar), Adrian Xusino (Strongest), Roberto Fernandes (Bolivar), Xayro Kinteros (Saragosa, Ispaniya), Diego Medina (Alvays Redi), Karlos Roka (Strongest), Leonardo Zabala (Santos, Braziliya), Yomar Rocha (Bolivar), Marselo Suares (Vilsterman);

Yarim himoyachilar: Denni Bexarano (Lamiya, Gretsiya), Ramiro Vaka (Bolivar), Boris Sespedes (Servette, Shveytsariya), Xayme Arraskaita (Strongest), Gabriel Villamil (Bolivar), Migel Terseros (Santos, Braziliya), Alvaro Kiroga (Strongest), David Ribera (Royal Pari), Luchano Ursino (Strongest);

Hujumchilar: Marselo Martins (Serro Porteno Paragvay), Karmelo Algaranaz (Bolivar), Jeyson Chura (Strongest), Jaume Kuelyar (Lugo, Ispaniya), Lukas Chaves (Bolivar).


Terma jamoaning so'nggi o'yinlari
Peru - Boliviya 1:0
Senegal - Boliviya 2:0
Boliviya - Braziliya 0:4
Kolumbiya - Boliviya 3:0
Boliviya - Braziliya 2:3


O'yin tafsilotlari, translyatsiyaga bog'liq ma'lumotlar kun davomida saytimiz orqali havola qilinadi.  

Eslatib o'tamiz, terma jamoamiz Saudiyadagi yig'in doirasida ikkinchi o'rtoqlik o'yinini 28 mart kuni Venesuelaga qarshi o'tkazadi. 



Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia