O'zbekiston U-20 terma jamoasining Janubiy Amerikaga yo'l oladigan tarkibi ma'lum

Sherzod Nurmatov
7 okt 2024, 19:37
Xabaringiz bor, O'zbekiston yoshlar terma jamoasi oktyabr oyida Janubiy Amerikada o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazadi.

Terma jamoa yig'in chog'ida Argentina va Urugvayga qarshi o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushadi.

Bosh murabbiy Farhod Nishonov mazkur yig'inga quyidagi futbolchilarni chaqirdi:

Darvozabonlar: Muhammadyusuf Sobirov ("So'g'diyona"), Samandar Muratbaev ("Olimpik-MobiUz")

Himoyachilar: Behruz Jumatov ("Olimpik"), Dilshod Abdullaev ("Paxtakor"), G'iyosjon Rizaqulov ("Olimpik-MobiUz"), Azizbek To'lqinbekov ("Bunyodkor"), Narimonjon Ahmadjonov ("Bunyodkor"), Saidxon Hamidov ("Olimpik-MobiUz"), 3.Meyirbek Rejabaliev ("Olimpik-MobiUz"), Muhammadali Zohidov ("Olimpik-MobiUz")

Yarim himoyachilar: Ravshan Xayrullaev ("Buxoro"), Rustambek Fomin ("Olimpik-MobiUz"), Muhammadali Reimov ("Olimpik-MobiUz"), Muhammadali O'rinboev ("Paxtakor"), Ollobergan Karimov ("Bunyodkor"), Lazizbek Mirzaev ("Lokomotiv"), Daler Tuxsanov ("Olimpik-MobiUz"), Murodjon Komilov ("Olimpik-MobiUz")

Hujumchilar: Saidumarxon Saidnurullaev ("Paxtakor"), Nurlan Ibraimov ("Olimpik-MobiUz"), Murodali Usmonov ("Olimpik-MobiUz")

O'zbekiston U-20 terma jamoasi oktyabr oyidagi FIFA kunlarida Argentina va Urugvay yoshlar terma jamoalariga qarshi xalqaro o'rtoqlik o'yinlarida ishtirok etishi rejalashtirilgan. 

11, 13 oktyabr

Argentina – O'zbekiston


15, 17-oktyabr

Urugvay – O'zbekiston 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати