O'zbekiston U-19 ertaga Singapurda Eron bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
19 iyul 2016, 15:35
Jasur Abduraimov boshchiligidagi O'zbekiston U-19 terma jamoasi kecha Singapur mamlakatiga uchib bordi.

Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi ertaga Eron bilan o'ynaydi.

Ma'lumot uchun, Bahrayndagi Osiyo chempionati guruh bosqichida O'zbekiston Xitoy, Avstraliya va Tojikiston bilan kuch sinashadi. Qita birinchiligida yarim finalga chiqqan to'rt jamoa 2017 yil Janubiy Koreyada bo'lib o'tadigan U-20 Jahon chempionatida qatnashadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia