O'zbekiston U-17 terma jamoasining jahon chempionatida ishtirok etadigan tarkibi ma'lum

Mirjalol Normatov
3 noya 2023, 22:45
O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Indoneziyada o'tkaziladigan 17 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi jahon chempioni uchun qaydnomasini e'lon qildi.

Eslatib o'tamiz, mazkur turnir 10 noyabrdan 2 dekabrga qadar davom etadi.

Jamoliddin Rahmatullaev yakuniy ro'yxatga 21 nafar futbolchini kiritdi.

Darvozabonlar

Jahongir Bo'riev (Navbahor), Jahongir Mamatqulov (Qizilqum), Muhammadyusuf Sobirov (Bunyodkor)

Himoyachilar

Behruz Karimov (Odil Ahmedov akademiyasi), Ozobdek O'ktamov (Navbahor), Behruz Shukurullaev (Odil Ahmedov akademiyasi), Behruz Jumatov (Odil Ahmedov akademiyasi), Ozodbek Ergashev (Qizilqum), Sherzod Abdulboriev (Navbahor), Dilshod Abdullaev (Paxtakor)

Yarim himoyachilar

Aminbek Yoqubov (Lokomotiv), Yahyo O'rinboev (Paxtakor), Azizbek To'lqinbekov (Bunyodkor), Lazizbek Mirzaev (Lokomotiv), Muhammadali Raimov (Olimpik), Ollobergan Karimov (So'g'diyona), Jasur Hikmatullaev (Bunyodkor)

Hujumchilar 

Amirbek Saidov (Bunyodkor), Abdulhamid Turg'unboev (Andijon), Quvonchbek Abraev (Lokomotiv), Shodiyor Shodiboev (Navbahor)


Ma'lumot uchun, O'zbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatida "B" guruhida Kanada, Mali, Ispaniya bilan guruhdan chiqish uchun bahs olib boradi. Hamyurtlarimiz ilk uchrashuvini 10 noyabr kuni Maliga qarshi o'tkazadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia