O'zbekiston Kubogi yarim finaliga qur'a tashlandi

Aslanov Jasurbek
10 iyul 2017, 11:49
O'zbekiston Kubogi–2017 musobaqasi yarim final uchrashuvlarining uyda-safarda tartibini aniqlash uchun qur'a tashlandi.

Unga ko'ra, Bunyodkor – Neftchi uchrashuvi g'olibi yarim final ilk o'yinida 31 iyul kuni o'z maydonida Samarqandning Dinamo klubini qabul qiladi.

Lokomotiv – Buxoro bellashuvi g'olibi 1/2 final dastlabki o'yinini 2 avgust kuni o'z maydonida Qo'qon-1912 va Nasaf o'rtasidagi o'yin g'olibi bilan o'tkazadi.

O'zbekiston Kubogi, 1/2 final

31 iyul (dushanba)

Bunyodkor / Neftchi o'yini g'olibi – Dinamo

2 avgust (chorshanba)

Lokomotiv / Buxoro o'yini g'olibi – Qo'qon-1912 / Nasaf o'yini g'olibi


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: pfl.uz