O'zbekiston kubogi finali 30 noyabr kuni Samarqandda bo'ladi

Narzulla Saydullayev
3 noya 2016, 14:05
Bu yilgi O'zbekiston kubogi final uchrashuvi qayerda bo'lishi ma'lum bo'ldi.

PFL hal qiluvchi o'yinni Samarqand shahridagi "Dinamo" stadionida bo'lib o'tkazishga qaror qildi. Final 30 noyabr kuni soat 13:00da boshlanadi. Bu haqda PFL rasmiy sayti xabar berdi. Hozircha finalga Qarshining "Nasaf" klubi chiqib bo'lgan. Ikkinchi finalchi nomi "Lokomotiv" va "Bunyodkor" o'rtasidagi yarim final bahslaridan so'ng aniqlanadi.

So'nggi yillarda PFL kubok finalini Toshkent shahrida emas viloyatlarda o'tkazmoqda. 2014 yilda final Olmaliqda, 2015 yilda esa Jizzaxda bo'lib o'tgandi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia