O'zbekiston B guruhida Gonkong, Bangladesh va Afg'oniston bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
21 avg 2014, 10:16
21 avgust kuni Janubiy Koreyaning Incheon shahrida, kelasi oyda start oladigan Osiyo O'yinlarining futbol musobaqasiga qur'a tashlandi.
Unga ko'ra, Mirjalol Qosimov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston terma jamoasi musobaqaning B guruhida Gonkong, Bangladesh va Afg'oniston terma jamoalariga qarshi o'ynaydi.

Eslatib o'tamiz, mazkur musobaqada terma jamoalar 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar bilan ishtirok etishadi. Reglamentga ko'ra, terma jamoalar shuningdek yoshi 23 yoshdan katta bo'lgan 3 nafar futbolchini tarkibga qo'shib olish imkoniga egalar.

Ma'lumot uchun, Janubiy Koreyaning Incheon shahrida bo'lib o'tadigan Osiyo O'yinlari futbol musobaqasi 14 sentyabr kuni start oladi va 3 oktyabrgacha davom etadi.

"A" guruhi: Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, Malayziya, Laos
"B" guruhi: O'zbekiston, Gonkong, Bangladesh, Afg'oniston
"C" guruhi: Ummon, Singapur, Falastin, Tojikiston
"D" guruhi: Yaponiya, Quvayt, Iroq, Nepal
"E" guruhi: Tailand, Maldiv orollari, Timor Leste, Indoneziya
"F" guruhi: KXDR, Xitoy, Pokiston
"G" guruhi: BAA, Hindiston, Iordaniya
"H" guruhi: Eron, Vetnam, Qirg'iziston

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com