O'sha mashhur Chaves Chili jamoasiga o'tdi

Sherzod Nurmatov
19 yanv 2024, 15:31
O'tgan mavsum "Nasaf" sharafini himoya qilgan tajribali hujumchi Andres Chaves Chili chempionatiga yo'l oldi.

32 yoshli forvard faoliyatini Chilining "Kokimbo Unido" klubida davom ettiradigan bo'ldi. Transfermarkt portali futbolchini 300 ming evroga baholagan.

Ma'lumot uchun, "Kokimbo Unido" Chili chempionatida 47 ochko bilan 5-o'rinda bormoqda.

Eslatib o'tamiz, Andres Chaves qarshiliklar tarkibida 15 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan edi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia