"O'runov "Ufa"da modalar qiroli". Ostonning jamoadoshi hamyurtimiz haqida fikr bildirdi

Aziz Tukhtamuradov
26 mar 2021
"Ufa" yarim himoyachisi Parfe Bizoza o'zbekistonlik Oston O'runov haqida o'z fikrlarini bildirdi.

-O'runov "Spartak"da mashhur kiyimlar brendini xarid qilganidan so'ng suratga tushgandi va o'shandan so'ng surat memlarga aylanib ketgandi. Jamoa ichida shuni eslab hazillashishadimi?

"Bu bo'yicha gapirishganini sezmadim. Ammo u "Ufa"da modalar qiroli, shunisi aniq. Uning juda yaxshi uslubi va garderobida ajoyib liboslari bor. Men ham undan "stil" bo'yicha nimalarnidir o'rganishim kerak. 

Lekin men kiyim "Gucci" bo'lgani uchungina u yerdan tovar sotib olmayman. Shunchaki yoqsa, u qanday brend ekanligidan qati nazar sotib olaman. 

Oston esa o'zini qulay his qilgani, o'ziga yoqqani uchun bu kiyimlarni kiyadi deb o'ylayman", - dedi burundilik futbolchi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Sport24.ru