O'rtoqlik uchrashuvi. "Paxtakor" - "Dibba Fujayra" - 2:0

Narzulla Saydullayev
14 yanv 2016
BAA yig'inidagi birinchi nazorat bahsida "Paxtakor" g'alaba qozondi.

BAA yuqori ligasi ishtirokchisi "Dibba Fujayra" jamoasiga qarshi Fujayrada maydonga tushgan "Paxtakor" birinchi bo'limda urilgan ikki gol evaziga g'alaba qozondi. Andreev 5-daqiqada penaltidan unumli foydalangan bo'lsa, 25-daqiqada oradagi farqni oshirdi. Shu tariqa xorij yig'inidagi dastlabki o'yinda "Paxtakor" zafar quchdi.

Keyingi bahs 16 yanvar kuni BAA birinchi divizioni vakili "Dubay" klubiga qarshi bo'lib o'tadi.

"Paxtakor" - "Dibba Fujayra" - 2:0
Gollar:
Andreev 5-pen, 25.
"Paxtakor": Lobanov (Ribkin), Merzlyakov (Abdullaev), Oraxovac (Otaxonov), Tojiev, Hoshimov, Ahmedov (Alimov), Ismatullaev (Mirzaev), Karimov (Yaxshiboev), Andreev (To'raev), Sidiqov, Berdiev.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz