O'rtoqlik o'yini. "Tottenxem" "Reding"ni mag'lub qildi

28 avg 2020, 22:45
"Tottenxem" yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Bugun Joze Mourinyu jamoasi "Reding"ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi va yirik hisobda g'alaba qozondi.

O'rtoqlik o'yini

"Tottenxem Xotspur" (London) - "Reding" (Reding) - 4:1

Gollar: Richards, 7 (avtogol). Alli, 21. Son Xyon-Min, 39. Lamela, 52. - Pushkash, 80 (penaltidan). 

Ma'lumot uchun, "shporlar" APLning birinchi tur o'yinini 12 sentyabr kuni "Everton"ga qarshi o'tkazishadi. London klubi 20 sentyabr kuni esa "Sautgenmpton" maydoniga safar uyushtiradi.


Manba: championat.asia