Ortiqcha vazni uchun chetlatilgan Balotelli "Nicca" mashg'ulotiga qaytdi

Aslanov Jasurbek
21 sen 2018, 14:53
"Nicca" bosh murabbiyi Patrik Viera jamoa hujumchisi Mario Balotelli mashg'ulotlarga qaytganini ma'lum qildi.

"Mario umumiy guruhda shug'ullanmoqda. Havotirga o'rin yo'q, hammasi joyida. Unga vaqt kerak, chunki u 100% tayyor emas, biroq u hafta davomida mashq qilmoqda. Mario yaxshi ishlayapti va mashg'ulotlarga to'g'ri munosabatda. Har safar uchrashganimizda avvalgi darajasiga qaytishni istayotgan futbolchini ko'raman" - deydi Viera.

Oldinroq, Balotelli ortiqcha vazni uchun "Nicca" futbolchilari bilan birga ishlashdan chetlatilgani e'lon qilingan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: beIN Sports