Ore qachon PSJdan kyetishga qaror qilganini aytib berdi

Aslanov Jasurbek
12 noya 2017
Yozda PSJdan ketgan "Tottenxem" himoyachisi Serj Ore qachon bu qarorga kelganini aytib berdi.

"Loryanda sodir bo'lgan ishdan so'ng PSJni tark etishga qaror qildim. O'sha voqeadan so'ng bosimni his qildim" - deydi ivuarlik.

Shu yilning bahor faslida PSJ hamda "Loryan" o'rtasidagi uchrashuvda parijliklar ustozi Unai Emeri ikkinchi bo'limda Oredan maydonga chiqishni so'ragan, biroq Serj bunga faqat 8 daqiqadan so'ng kirishadi. Shundan keyin Fransiya OAV Ore maydonga chiqishni istamagani va PSJda ketmoqchiligi haqida yozishgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Canal+