Ollobergan Karimov: "Bundan ham ko'proq gol urishni maqsad qilgandik"

Administrator
6 okt 2022, 00:45
O'zbekiston U-17 terma jamoasi futbolchisi Ollobergan Karimov U-17 Osiyo kubogi saralashidagi Bruneyga qarshi 0:14 hisobidagi g'alaba haqida fikr bildirdi.

O'yin haqida

- O'yin qiyin o'tdi. Jamoamiz a'zolariga rahmat, ular borlarini berib harakat qilishdi. Natijada yirik hisobdagi g'alabaga erishdik. Barchani tabriklayman.

- Raqib darajasidan kelib chiqib bugungi o'yinda kiritilgan gollarga qanday baho berasiz?

- Yaxshi gollar bo'ldi. Birinchi o'yin bo'lgani sabab futbolchilarda ozgina hayajon bo'ladi. Xuddi shunday o'zimda ham bu sezildi.

- Jamoa murabbiylari o'yindan oldin qanday ko'rsatmalar berishgandi?

- Maqsadimiz bundan ham ko'proq urish edi. Bunga astoydil harakat qildik.

- Koreyaga qarshi o'yin bugungisidan farq qilishi shubhasiz. Bunda ozgina imkoniyatdan ham foydalanish talab etiladi...

- Ha, albatta. Keyingi raqibimiz Koreya va biz o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. 

- Koreya terma jamoasi o'yinlarini tahlil qildinglarmi?

- Ha, biz Koreya terma jamoasi ishtirokidagi o'yinlarni ko'rib chiqdik. Ular Yaponiya kabi tez futbol o'ynashadi.

- Keyingi o'yinda uslub o'zgaradimi?

- Har doimgidek o'yinimizni o'ynaymiz. Hujumkor uslub, himoyaviy o'yin tashkil etish rejamiz yo'q. 

- Terma jamoadagi o'yinlarda bosimni his qilayapsizmi?

- "Mirabror Usmonov" xotira turniri bizga bu kabi bosimlarni engib o'tishda foydali bo'ldi. Avvalgidan ko'ra hayajonimiz ozaydi.


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia