Ollobergan Karimov: "Orzularimdan biri amalga oshdi. Argentina bilan munosib o'ynadik"

Iskandarov Abdulaziz
14 okt 2024
O'zbekiston U-20 terma jamoasi kecha Argentinaga qarshi ikkinchi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.

Farhod Nishonov boshchiligidagi terma jamoamiz bu bellashuvda durang natija qayd etdi. Bahsdan so'ng terma jamoa a'zosi Ollobergan Karimov fikrlarini bildirdi. 

"Argentinaga qarshi dastlabki uchrashuvda yomon o'yin ko'rsatganimiz yo'q. Ikki gol ham e'tiborsizligimiz natijasida darvozamizdan joy oldi. Ikkinchi o'yinda esa xatolar ustida ishlagan holda maydonga tushdik. Murabbiylar tomonidan ishlab chiqilgan rejani amalga oshirishga harakat qildik deb o'ylayman. Fikrimcha, argentinaliklar oldida munosib to'p tepdik. 

Messi va boshqa yulduzlarning o'yinimizga tashrif buyurgani salbiy tomondan hech qanday ta’siri bo'lmadi, aksincha bu futbolchilar oldida o'z o'yinimizni ko'rsatish yoqimli bo'ldi. Messi dunyoning eng zo'r futbolchisi. Tug'ilganimdan beri uning o'yinlarini ko'rib kelaman. Ko'pchilik singari orzularimdan biri amalga oshdi. 

Urugvayda ham yaxshi qarshi olishdi. Bu bahslarga yuz foiz tayyormiz deya olaman. Sardorimiz aytganidek mazkur o'yinlar orqali faqat katta tajriba to'playmiz. Maqsadimiz Osiyo chempionatida akalarimiz kabi chempionlikni qo'lga kiritish",- deydi Ollobergan Karimov. 

Ma'lumot uchun vakillarimiz ertaga Urugvayga qarshi birinchi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Oradan ikki kun o'tib esa 17 oktyabr kuni ikkinchi to'qnashuvda ishtirok etishadi. 


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia